Yangiliklar

"Edo.ijro.uz”  moduli  orqali  kelib  tushgan  elektron  hujjatlar  aylanishi holatini kuchaytirish bo’yicha  o'quv-seminar mashg'uloti to’g’risida ma’lumot

Hududiy  inspeksiya  tomonidan  Qurilish  va  uy-joy  kommunal  xo'jaligi sohasida  nazorat  qilish  inspeksiyasining  2024-yil  10-dekabrdagi  49-9-sonli yig'ilish bayonining 6-bandi  ijrosini ta’minlash yuzasidan  hududiy inspeksiyada "Ijro.gov.uz”  ijro  intizomi  idoralararo  yagona  elektron  tizimi  negizida  ishlab chiqilgan  "Edo.ijro.uz”  moduli  orqali  kelib  tushgan  elektron  hujjatlar  aylanishi holatini kuchaytirish to'g'risida o'quv-seminar mashg'uloti o'tkazildi.

"Edo.ijro.uz”  moduli  orqali  kelib  tushgan  elektron  hujjatlar  aylanishi holatini kuchaytirish bo’yicha  o'quv-seminar mashg'uloti to’g’risida ma’lumot

Hududiy  inspeksiya  tomonidan  Qurilish  va  uy-joy  kommunal  xo'jaligi sohasida  nazorat  qilish  inspeksiyasining  2024-yil  10-dekabrdagi  49-9-sonli yig'ilish bayonining 6-bandi  ijrosini ta’minlash yuzasidan  hududiy inspeksiyada "Ijro.gov.uz”  ijro  intizomi  idoralararo  yagona  elektron  tizimi  negizida  ishlab chiqilgan  "Edo.ijro.uz”  moduli  orqali  kelib  tushgan  elektron  hujjatlar  aylanishi holatini kuchaytirish to'g'risida o'quv-seminar mashg'uloti o'tkazildi.

Страница 2

O’quv  seminarda  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2021-yil 10-fevraldagi  "Qonunchilik  hujjatlari  ijrosini  samarali  tashkil  etishda  davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy  javobgarligini  kuchaytirishga  doir  qo'shimcha  chora-tadbirlar to'g‘risida”gi  PF-6166-son  Farmoni,  O'zbekiston  Kespublikasi  Prezidentining 2021-yil  31-maydagi  "Ijro.gov.uz"  ijro  intizomi  idoralararo  va  yagona  elektron tizimi  samarali  faoliyat  ko'rsatishini  ta’minlashga  qaratilgan  qo'shimcha chora-tadbirlar  to'g'risida’'  gi  PQ-5132-son  qarori  hamda  O'zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2023-yil 24-maydagi "Ma’muriy islohotlar doirasidaraqamli  texnologiyalar  sohasida  davlat  boshqaruvini  samarali  tashkil  etish chora-tadbirlari  to‘g'risda”gi  PF-76-sonli  farmonlarga  asosan  qog'ozsiz  ish yuritishga  o'tish jarayonini  jadallashtirish  maqsadida  «Ijro.gov.uz»  ijro  intizomi idoralararo yagona elektron tizimi negizida ishlab chiqilgan  "Edo.ijro.uz”  moduli orqali  elektron  hujjat  aylanish  tizimi  yo'lga  quyish  belgilangan  bo'lib,  hududiy inspeksiya  tomonidan  bugungi  kunda  "Edo.ijro.uz”  elektron  platformasi  orqali kelib  tushgan  hujjatlar  ijrosini  ta'minlash  yo'lga  qo'yilganligi  haqida  axborot berildi.

Hududiy  inspeksiyaning  Ijro  nazorati  bo'yicha  yetakchi  mutaxassisi D.Soyipov hududiy inspeksiyaga  "Edo.ijro.uz"  elektron  plaftormasining bugungi kundagi  holati  yuzasidan  ma'lumot  berib,  mas'ul  xodimlarga  elektron  hujjat aylanish tizimida  ishlash  bo'yicha yangilik va  o'zgarishlar haqida  monitor orqali tushuntirishlar berdi.

O'quv  seminar  mashg'uloti  davomida  O'zbekiston  Respublikasi Prezidentining  PF-76  sonli  qaroriga  asosan  "Qog'ozsiz  ish  yuritishga  o'tish jarayonini  jadallashtirish  maqsadida  «Ijro.gov.uz»  ijro  intizomi  idoralararo yagona  elektron  tizimi  negizida  ishlab  chiqilgan  «edo.ijro.uz»  moduli  orqalielektron hujjat aylanish tizimida ish yuritish bo'yicha tayyorlangan videoroliklar namoyish qilindi.

O'quv  seminar  yig'ilishida  hududiy  inspeksiyaning  barcha  mas'ul  xodimlari ijro  intizomiga  rioya  qilmaganligi,  "Edo.ijro.uz"  elektron  hujjat  aylanish  tizimi orqali  kelgan  hujjatlar  va  murojjatlarni  belgilangan  muddatlarda  ijrosini ta'minlamaganligi  uchun  ularga  nisbatan  O'zbekiston  Respublikasi  Mehnat Kodeksining  312-moddasiga  asosan  intizomiy  jazo  chorasi  qo'llanilishi  hamda vazifasidan  ozod  etishgacha  bo'lgan  qat'iy  choralarni  ko'rilishi  haqida ogoxlantirildilar.

Hududiy  inspeksiyaga  tashkilotlar,  yuridik  va  jismoniy  shaxslardan  pochta, E-XAT  tizimi  va  to'g'ridan  to'g'ri  kelib  tushgan  barcha  xujjatlar  "Edo.ijro.uz” tizimiga  yuklanib  ijrochilarga  yo'naltirilmoqda.  "Edo.ijro.uz”  tizimi  orqali  kelib tushgan  topshiriqlarni  o'z  vaqtida  bajarilishi  rahbariyat  tomonidan  tahlil  qilib borilmoqda.

 

 

So'rovnoma

Saytimizga munosabatingiz?

YIDXP

Shikoyatingiz bormi?