Yangiliklar

Namangan viloyati qurilish  uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida 2024 yilda “Murojaatlar bilan ishlash” va “Ijro nazorati”  bo‘yicha qilingan ishlar bo`yicha

M A ’ L U M O T

 

Namangan viloyati qurilish  uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida jismoniy  va yuridik shaxslarlarning murojaatlari bilan ishlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2017 yil 9 avgustdagi F-5017-son farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori,  Vazirlar Maxkamasining 29.03.1999 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli Qarori, 2018 yil 7 maydagi”Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartib to‘g‘risidagi na’munaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli qarorlari va boshqa xuquqiy normativ xujjatlar  asosida tashkil etilgan.

 

2024 yilda EDO.IJRO.UZ tizimi orqali Namangan viloyati qurilish  uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasiga kelgan xujjatlar taxlil qilindi.

2024 yilda EDO.IJRO.UZ tizimi orqali jami 939 ta xujjatlar kelib tushgan bo‘lib, 775 tasi topshiriqlardan iborat. Topshiriqlarni 739 tasi bajarilgan, 58 ta topshiriq muddatidan kech bajarilgan. 36 ta topshiriqning muddati kelmagani sababli bajarish jarayonida.

2024 yilda EDO.IJRO.UZ tizimi orqali 751 ta ichki xujjatlar (ichki buyruq) yaratilgan.

2024 yilda EDO.IJRO.UZ tizimi orqali 9 ta nazorat rejasi yaratilgan bo‘lib,   7 tasida belgilangan topshiriqlar bajarilgan. 2 ta nazorat rejadagi topshiriqlar bajarish jarayonida.

2024 yilda Namangan viloyati qurilish  uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasiga jami 336 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shulardan yozma murojaatlar 186 ta, elektron murojaatlar 145 ta, sayyor va shaxsiy qabulda kelib tushgan murojaatlar 5 tani tashkil qilgan.

Prezident portali, “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar 113 tani tashkil etgan bo‘lib, bularning 53 tasi qanoatlantirilgan, 57 tasiga tushuntirish berilgan, 2 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, 1 ta murojaatni arizachining iltimosiga ko‘ra ko‘rmasdan qoldirilgan.

EDO.IJRO.UZ tizimi orqali 54 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib murojaatlar o‘rganib murojaatchilarga javob xatlari yuborilgan.

Yuridik shaxslardan 117 ta xat va murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, barchasi ko‘rib chiqilgan.

Jismoniy shaxslardan 219 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, barcha murojaatlar ko‘rib chiqilgan.

So'rovnoma

Saytimizga munosabatingiz?

YIDXP

Shikoyatingiz bormi?