- Создано: 10.Янв.2024
Namangan viloyati qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida
2023 yilda “Ijro intizomi va jismoniy va yuridik shaxslar murojjatlari bilan ishlash” bo‘yicha qilingan ishlar bo‘yicha
M A ’ L U M O T
Namangan viloyati qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida 2023 yilda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi taxlil qilindi.
Namangan viloyati qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida jismoniy va yuridik shaxslarlarning murojaatlari bilan ishlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2017 yil 9 avgustdagi F-5017-son farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori, Vazirlar Maxkamasining 29.03.1999 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli Qarori, 2018 yil 7 maydagi”Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartib to‘g‘risidagi na’munaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli qarorlari va boshqa xuquqiy normativ xujjatlar asosida tashkil etilgan.
2023 yilda Prezident portali, “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar 72 tani tashkil etgan bo‘lib, bularning 70 tasini ijrosi ta’minlangan, 2 ta murojaat o‘rganish jarayonida.
Yuridik shaxslardan 1365 ta xat va murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, 1351 tasiga javob berilgan, 14 tasi ish jarayonida.
Jismoniy shaxslardan 286 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, 284 ta murojaat xal qilingan, 2 ta murojaat ish jarayonida.
Namangan viloyati qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida murojaatlarni ko‘rib chiqilishi bo‘yicha har xaftada axborot kiritib boriladi.
Ro‘yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay hududiy nazorat inspeksiyasi raxbariga, uning o‘rinbosariga yoki tarkibiy bo‘linma raxbariga kiritilib, ijroga yo‘naltiriladi.
Namangan viloyati qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida 2023 yil davomida kelib tushgan 72 ta murojaatlarda ko‘rsatilgan xar bir masala bo‘yicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslar ko‘rsatilib, murojaatga javob xati hududiy raxbari tomonidan imzolangan.
Namangan viloyati qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida qabul qilish jadvallari va uni o‘tkazish vaqti, joyi xamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, qabul qilish tartibi jismoniy va yuridik shaxslarga qulay bo‘lgan joy- inpeksiyaga kirish yo‘lagi devoriga qo‘yilgan.
Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga ko‘ra tuzilgan ma’lumotlar tayyorlanib hududiy inspeksiyaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinib borilmoqda. Namangan viloyati qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasida (69) 227-92-18 raqamli ishonch telefoni tashkil etilgan. Ishonch telefoni orqali 2023 yil davomida 2 ta murojaat qabul qilinib, ijroga yo‘naltirilgan va masala tegishli ma’sullar tomonidan xal qilingan.