Yangiliklar

Namangan viloyat QSXN ning “ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi”ning

2022 yil IV-chorak  yakuni bilan bajarilgan ishlar bo‘yicha

M A ’ L U M O T

Namangan viloyati qurilish soxasida hududiy nazorat inspektsiyasida 2022 yilda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning koʼrib chiqilishi taxlil qilindi. Namangan viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasida jismoniy va yuridik shaxslarlarning murojaatlari bilan ishlash Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro intizomi yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida" 2017 yil 9 avgustdagi F-5017-son farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qarori, Vazirlar Maxkamasining 29.03.1999 yildagi “Oʼzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʼyicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli Qarori, 2018 yil 7 maydagi”Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartib toʼgʼrisidagi naʼmunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli qarorlari va boshqa xuquqiy normativ xujjatlar asosida tashkil etilgan.

 

2022 yilda Prezident portali, “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlar 49 tani tashkil etgan boʼlib, bularning 47 tasini ijrosi taʼminlangan, 2 ta murojaat oʼrganish jarayonida. 

Yuridik shaxslardan 1217 ta xat va murojaatlar kelib tushgan boʼlib, 1208 tasiga javob berilgan, 9 tasi ish jarayonida.

Jismoniy shaxslardan 286 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, 284 ta murojaat xal qilingan, 2 ta murojaat ish jarayonida.

Namangan viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasida murojaatlarni koʼrib chiqilishi boʼyicha har xaftada axborot kiritib boriladi. 

Roʼyxatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay hududiy nazorat inspektsiyasi raxbariga, uning oʼrinbosariga yoki tarkibiy boʼlinma raxbariga kiritilib, ijroga yoʼnaltiriladi.

Namangan viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasida 2022 yil davomida kelib tushgan 49 ta murojaatlarda koʼrsatilgan xar bir masala boʼyicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslar koʼrsatilib, murojaatga javob xati hududiy raxbari tomonidan imzolangan.

Namangan viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasida qabul qilish jadvallari va uni oʼtkazish vaqti, joyi xamda qabulga oldindan yozilish toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, qabul qilish tartibi jismoniy va yuridik shaxslarga qulay boʼlgan joy- inpektsiyaga kirish yoʼlagi devoriga qoʼyilgan, ularni qabul kilish uchun 

Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish natijalariga koʼra tuzilgan maʼlumotlar tayyorlanib hududiy inspektsiyaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinib borilmoqda.Namangan viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasida (69) 227-92-18 raqamli ishonch telefoni tashkil etilgan. Ishonch telefoni orqali 2022 yil davomida 6 ta murojaat qabul qilinib, ijroga yoʼnaltirilgan.

 

So'rovnoma

Saytimizga munosabatingiz?

YIDXP

Shikoyatingiz bormi?