Yangiliklar

Namangan viloyat QSXN ning “ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi”ning

2022 yil III-chorak  yakuni bilan bajarilgan ishlar bo‘yicha

M A ’ L U M O T

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son, Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 29 martdagi 140-sonli “Oʼzbekiston Respublikasi boshqaruvi va davlat boshqaruvi organlarida ish yuritish va ijro nazorati tashkil etish boʼyicha meʼyoriy xujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida” Qarorlariga asosan 2022 yilning III-choragi mobaynida inspektsiyaga 112 ta (yuridik tashkilot va muassalardan 37 ta , fukarolardan 75 ta) ariza va murojaatlarlar kelib tushgan. 

 

 

Ushbu aloqa xatlari va arizalar “Tashkilot va muassalardan kelib tushgan murojaatlarni kayd qilish daftari” va “Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni qayd qilish daftari”larga tushgan kuniga va inspektsiya boshligʼidan chiqqan rezolyutsiya fishkasiga asosan rasmiylashtirilib ijrochiga takdim etilib borildi. 

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi xuzuridagi Qurilish soxasida nazorat inspektsiyasining elektron manzili orkali Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti “IShONCh TELEFONI” va Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti “Virtual Qabulxonasi”ga kelib tushgan jami 19 ta (7 ta shikoyat va 12 ta arizalari) kelib tushgan boʼlib, ularning 16 tasi ijobiy xal qilingan, 3 tasiga xuquqiy tushuntirish berilgan. 

2022 yil III-choragi yakuni bilan inspektsiyadan jami 1571 ta xat va xabarlar chiqarilgan. Аksariyat xatlar pochtaga tayyorlanib, pochta aloqa boʼlimi yoki shaxobchasiga Reestr orkali topshirildi. 

Xar oy yakuni bilan jami kelib tushgan xat va murojaatlar (Jismoniy shaxslar va yuridik tashkilot, muassasalar) toʼplami pereplyotga tayyorlanib, tikib borildi va arxivga yunaltirildi.

So'rovnoma

Saytimizga munosabatingiz?

YIDXP

Shikoyatingiz bormi?