Yangiliklar
Чоп этиш

 

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirokidagi sayyor qabul qizg‘in tusda davom etmoqda.

 

 

Unda hozirgacha Namangan viloyati aholisining 60 ga yaqin murojaati qabul qilindi. Murojaatlarning aksariyati ajratilgan yer hamda kadastrlar bilan bog'liq.

    Shuningdek, aholi vakillari tomonidan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyati qoniqarli emasligi ta'kidlandi,  bu bo'yicha  fuqarolar murojaatlari ham qabul qilinib, tegishli mas’ullarga zarur vazifalar belgilab berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning subsidiya sharti asosida uy-joy olish bo‘yicha murojaati yuzasidan esa huquqiy tushuncha berildi.

 ♻️ Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig’ining o’rinbosari Nodirjon Maksumov har bir murojaat yuzasidan belgilangan vazifalarni shaxsan nazoratiga olishini bildirdi. Aholi vakillari esa muammolari tezkor yechim topayotganidan mamnun ekanliklarini ta’kidladilar.