Yangiliklar
Чоп этиш

Toshkent arxitektura va qurilish kasb-hunar kollejida o‘quvchilarning ijodiy ishlari ko‘rgazma-tanlovi tashkil etildi. 

Tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish instituti va kollej o‘qituvchilari, ota-onalar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 


Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yoshlarning zamonaviy sharoitlarda tahsil olib, kasb-hunar o‘rganishi, qobiliyat va intilishlarini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Toshkent arxitektura va qurilish kasb-hunar kollejida ham o‘quvchilarning zamonaviy tahsil olishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Qirqdan ortiq tajribali o‘qituvchi besh yuzga yaqin o‘quvchiga ilg‘or pedagogik texnologiyalar, samarali uslublar asosida ta’lim-tarbiya bermoqda. 

Ko‘rgazma-tanlovda ellikka yaqin o‘quvchi turli me’moriy shakllar, uy-joylar, shaharchalar, sport inshootlari loyihalari, zamonaviy binolar, mehmonxonalarning maketlari va suratlari aks etgan 450 dan ortiq ijodiy ishini taqdim etdi. 

Unda Ahmadjon Valiyev, Go‘zal Hojimirzayeva, Doniyor Zinatullin, Anjelina Ivashenko, Salgat Rispo‘latov turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. G‘oliblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

Manba: Uza.Uz