Yangiliklar
Чоп этиш

#Ijtimoiy rolik. 

 

Bugun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

 

Yaqinda xat oldik. Ijtimoiy rolik ushbu xat muallifining iltimosiga binoan tayyorlandi. U bu haqda barcha davlat xizmatchilari bilishini xohladi. 

 

— Qaysi ota oʼz farzandidan baxtli bolaligini tortib oladi? Men shunday qildim. Qaniydi vaqtni orqaga qaytara olsam, — deb yozibdi sobiq davlat xizmatchisi! 

 

Bugun bayram. Biroq, mamlakatimiz bolalari bir kun emas, har kun baxtli yashashga, har kunini bayramdek oʼtkazishga munosib. Har kun ota-onasi, yaqinlari mehrini his qilishga haqli. Biz bolajonlarimiz uchun shunday hayotni istaymiz!