Yangiliklar

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari rahbarlari, institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 


Seminarda Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, bu jarayonda arxitektura va qurilish sohasi uchun bilimli, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bugungi kunda respublikamizda mazkur yo‘nalishda bir qator oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 

– “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining 2014-yil 9-noyabrda o‘tkazilgan kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida soha uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalasi muhokama etilgan edi, – deydi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori Sulton Ahmedov. – Ayni paytda yurtimizda keng ko‘lamda bunyodkorlik ishlari olib borilayotgani e’tiborga olinib, zamonaviy bilim va ko‘nikmaga ega mutaxassislar tayyorlash, arxitektorlar malakasini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bois arxitektura-qurilish yo‘nalishida mutaxassis tayyorlaydigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularni oliy o‘quv yurtlarida o‘qishga tayyorlab borish zarur. Buning uchun ta’lim muassasalari o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish talab etiladi. 

Tadbirda bo‘lajak arxitektorlarga qo‘yiladigan talablar, viloyat va tuman arxitektorlari lavozimigasalohiyatli kadrlar zaxirasini tayyorlash, kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik yo‘nalishlari xususida mulohazalar bildirildi. 

Seminar ishtirokchilari Samarqand arxitektura-qurilish institutidagi ta’lim jarayonlari, soha uchun mutaxassislar tayyorlashda mazkur oliy o‘quv yurti va viloyatdagi akademik litsey, kasb-hunar kollejlarining hamkorligi bilan yaqindan tanishdi. 

Manba: Uza.Uz

So'rovnoma

Saytimizga munosabatingiz?

YIDXP

Shikoyatingiz bormi?